28/03/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a3065

Shundan kelib chiqib, joriy yil 28- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a3078

3-7b5a3092

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Activity Model for Statistical Organisations (GAMSO) – Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

4-7b5a3097

5-7b5a3082

Jumladan, “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modeli” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech