Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

1-photo_2023-03-29_12-13-41

Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2-photo_2023-03-29_12-13-42

Davra suhbatida Navoiy viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi M.Yuldasheva aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

3-photo_2023-03-29_12-13-45

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

4-photo_2023-03-29_12-13-44

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

 Matbuot xizmati