31/03/2023

Joriy yilning 31- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

1-7j1a7132

Tadbirni Statistika agentligi Yuridik bo`limi boshlig'i To'xtayev Vahob Oripovich bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

2-7j1a6982

Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

3-7b5a3147

Tadbirda taʼkidlanganidek, yangi Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga koʻpayadi va normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetadi. Shu asosida 27 ta yangi moddalar qoʻshilishi kutilmoqda.

4-7b5a3159

Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq boʻlgan normalar 4 barobarga koʻpaytirilmoqda. Bu oʻzgarishlar asosida mustaqil Oʻzbekiston – ijtimoiy, huquqiy davlat deb belgilanmoqda.

5-7j1a7140

Ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari  va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulkchilik shakllarining qonuniy himoyasi ilgʻor jahon tajribasi asosida toʻliq shakllantiriladi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech