31/03/2023

2023-yil 30-mart kuni “Yoʻl xaritasi”ning 20-bandini bajarish maqsadida AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasida Statistika agentligi delegatsiyasining ishtiroki yakunlari boʻyicha oʻzaro aloqalar va aloqalarni oʻrnatish maqsadida onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

1-7j1a6917

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va statistika federal markazi xodimlari statistika sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdi.

2-7j1a6939

Yig‘ilishda Statistika agentligidan: Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Statistik ishlarni tashkil etish va metodologiyasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Anvarjon Toʻlaganov, Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov, Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jo‘rayev, Statistika agentligi huzuridagi Malaka oshirish va statistika tadqiqotlari instituti direktorining o‘rinbosari Otabek Qahhorov ishtirok etishdi.

3-7j1a6929

Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va Statistika Federal Markazidan Nora Ali, Metodologiya departamenti direktori Zayd al-Qadiy, Metodologiya departamenti direktori yordamchisi, Iqtisodiy statistika departamenti direktori Fayeda Abdullah, Demografik statistika bo‘limi mutaxassisi Maryam Sulton Al-Olamah, Metodologiya bo‘limi mutaxassisi Asma Al-Shehi, tadqiqotchi Amal Almarzuki qatnashishdi.

5-7j1a6936

Uchrashuv davomida statistikani rivojlantirish, ma’lumotlarni tarqatish, uslubiy tajriba almashish hamda GSIM va GSBPM hamda sifat tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi vakillari o‘z taqdimotida Markazning asosiy faoliyati yo‘nalishlari haqida batafsil ma`lumot berdilar, rasmiy veb-sayt va joriy qilingan GSIM va GSBPM tizimining amaliyotini taqdim etdilar.

6-7j1a6931

Muzokaralar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech