Farg‘ona davlat universitetida Farg‘ona viloyatidagi mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

1-photo_2023-03-30_10-25-12

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

2-photo_2023-03-30_16-22-13

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan doimiy tarzda davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” o’quv kursi tashkil etilmoqda.

3-photo_2023-03-30_16-22-07

Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’ayibnazarov Bahodir Karimovich tomonidan makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tahlili, milliy statistikaning xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish, statistik ma'lumotlarni shakllantirish va ularni amaliyotda qo’llash borasida ma’lumotlar berildi.

4-photo_2023-03-31_13-50-14-2

Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti katta o‘qituvchi Umarov Faxriddin Umarovich o‘quv kursi ishtirokchilariga ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha berdi.

5-photo_2023-03-30_16-22-08

6-photo_2023-03-31_13-50-18

Tabdir so‘nggida ishtirokchilarga o‘quv kursida ishtirok etganligi to’g’risidagi guvohnomalar taqdim etildi.

Matbuot xizmati