O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining Tarmoqlararo ekologik-iqtisodiy tizim tadqiqotlari seksiyasi tomonidan tashkil etilgan “Hududlarni ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning mintaqaviy strategiyalari va loyihalarini boshqarish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.


Tadbirda Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Odilov qatnashdi.


Anjumanda O.Mamadaliyev “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Ma’ruza va muallifning tadqiqot natijalari anjuman ishtirokchilari va Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining Tarmoqlararo ekologik-iqtisodiy tizim tadqiqotlari seksiyasi ilmiy hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi.

Matbuot xizmati


