Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 3- fevraldagi PF-5326-son “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni tasdiqlangan edi.

photo_2023-04-04_16-38-01

Ushbu Farmonning ijrosini taʻminlash maqsadida hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilning 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari va tinglovchilari uchun Toshkent viloyatidagi “Zangi ota” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.

photo_2023-04-04_16-39-41

“Zangi ota” ziyoratgohining qadimiy meʻmorchiligi, goʻzalligi va ulugʻvorligi ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.

photo_2023-04-04_16-43-49

Ziyoratchilar ushbu maroqli sayohat uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirishdi.

Matbuot xizmati