2023- yilning yanvar-fevral oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha 649,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 415,0 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 63,9 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 113,9 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,5 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 120,9 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,6 % ni tashkil etdi.



