2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1342,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 11,7 % ni tashkil etdi. Ulardan 1009,3 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan o‘zlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.



