2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 21 544,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 41,3 % ni tashkil etdi.



