Xalqimizning ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lgan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kasaba uyushma qo‘mitasi jamoasi tomonidan ko‘p yillar ishlab, hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh keksa yoshdagi yolg‘iz, og‘ir kasal va muhtoj qariyalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.2-photo_2023-04-20_12-08-333-photo_2023-04-20_12-08-35 

Joriy yilning 20-aprel kuni Agentlik vakillari yolg‘iz va muhtoj qariyalarning holidan xabar olishib, ularni Agentlik jamoasi va kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklab, ularga bayram sovg‘alari topshirishdi.

4-photo_2023-04-20_12-11-175-photo_2023-04-20_13-21-526-photo_2023-04-20_14-23-04

Nuroniylar hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga etish kabi insoniy fazilatlarni mustahkamlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan mazkur tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etib kelinayotganligi uchun shukronalik bildirishdi.

1-photo_2023-04-20_11-36-17

Matbuot xizmati