Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 14- yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.


Jumladan, shu yilning 28- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda markaziy apparati boshqarmalari xodimlari qatnashdi.


Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Matbuot xizmati


