2023- yil 28- aprel kuni Toshkent moliya institutidagi “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi”da  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.1-photo_2023-04-28_12-02-22

Tadbirda Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Mirzaxidov Abdugafir Yuldashevich institut o‘qituvchi va talabalariga “O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi” mavzusida taqdimot qildi.

2-photo_2023-04-28_12-02-17

Taqdimotda xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash to’g’risida ma’lumot berildi.

3-photo_2023-04-28_12-02-26

Tadbir yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun ham amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

4-photo_2023-04-28_12-02-30

5-photo_2023-04-28_12-02-35

Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Matbuot xizmati