2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-img_0818

Shundan kelib chiqib, joriy yil 3- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-img_0822

3-img_0825

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

4-img_0824

5-img_0820

Jumladan, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlarini ishlab chiqishdan boshlab uni amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayonlari yoritib berildi.

Matbuot xizmati