Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

1-roallo

Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarori bu borada muhim dasturiamal boʻlmoqda.

2-olknooln

Joriy yilning 3- may kuni Statistika agentligida o‘tkazilayotgan “Sport festivali” doirasida milliy kurаsh sporti boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

3-photo_2023-05-03_17-09-36

Sport musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan xodimlarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi

4-uiltui

Bunday sport musobaqalarini oʻtkazishdan maqsad – xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, turli yomon odatlardan voz kechish orqali ishchanlik qobiliyatni oshirishdir.