Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” respublika koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha masʼul xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda "Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi tashkilot”, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi kasaba uyushma qoʻmitasi”, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi vakil”, “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyalari boʻyicha eng faol xodimlar aniqlanib, tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha masʼul xodimi Gʻiyos Ikromov “Mehnat muhofazasi boʻyicha eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyasi boʻyicha sovrindor boʻldi.

Koʻrik-tanlov gʻolib va sovrindorlari tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati


