Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan bayram festivali oʻtkazildi. Bayram tadbirida Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, uzoq yillar statistika tizimida ishlagan faxriylar ishtirok etishdi.

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

Bayram tadbirini Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich ochib berib, ishtirokchilarni bayram bilan qutladi. Soʻnggi yillarda statistika tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

Bayram tadbiri davomida tizimda faoliyat yuritayotgan, samarali ish faoliyati va mehnati bilan barchaga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh faol xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

Festivalda Statistika agentligi markaziy apparati boshqarmalari tomonidan bahoriy taomlar tanlovi tashkil etildi. Turli oʻzbek milliy taomlari tayyorlanib, dasturxonlar bezatildi. Doshqozonda palov damlandi. 

1navruzrasm050623uz

1navruzrasm050623uz

Bayram tadbiri davomida milliy atlas va adras liboslari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari ham namoyish etildi.

1navruzrasm050623uz

Festival doirasida mini-futbol, shaxmat, badminton kabi sport oʻyinlari tashkil etildi. Gʻolib va sovrindorlarga ham esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

1navruzrasm050623uz

Folklor chiqishlar, milliy kuy-qoʻshiqlar ijrosi ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Matbuot xizmati