2023- yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida jami 1,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 16,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 58,7 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 24,7 % ni tashkil etdi.



