2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a5158

Shundan kelib chiqib, joriy yil 11- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3

Jumladan, Statistika sohasida tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.

45-7b5a5142

Matbuot xizmati