2023- yil 12- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent davlat transport universitetida davra suhbati tashkil etildi.

1_7j1a11132_7j1a1127

Unda Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari ishtirok etdi.

3_7j1a11664_7j1a1190

Tadbirda Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich “O‘zbеkiston Rеspublikasining investitsiyalar va qurilish statistikasi” mavzusida taqdimot qildi.

5_7j1a12196_7j1a1364

Taqdimotda O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va qurilish statistikasi ko’rsatkichlarining besh yillik dinamikasi, o’sish sur’atlari va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumot berildi.

7_7j1a1288

Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Statistika agentligi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

9_18_7j1a1132

Faol qatnashgan talabalarga turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.

10_00001231

Matbuot xizmati