2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a5454

Shundan kelib chiqib, joriy yil 19- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a5464

3-7b5a5459

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

4-7b5a5477

5-7b5a5457

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi 4 ta bosqich: birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va rasmiy statistikani tarqatish mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Matbuot xizmati