2023-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent shahri boʻyicha 6 743,8 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 4 355,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 64,6 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 1 153,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 1 234,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,3 % ni tashkil etdi.



