Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

1-zsh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

2-7j1a0513

Jumladan, Statistika agentligida ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport majmualarida xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazildi.

3-7b5a5487

Joriy yilning 4–22-may kunlari reja asosida agentlik markaziy apparati boshqarmalarning xodimlari o‘rtasida “Sport festivali” o‘tkazildi.

Mazkur sport festivalida badminton, mini-futbol, stol tennis, workout kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

5-7b5a5491

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

6-7b5a5499

7-7b5a5505

Sport festivali g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.