2023- yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Mariya Manchyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Missiyaning asosiy maqsadi – milliy hisoblarni tuzish uchun ma'lumotlar manbalarini takomillashtirishdan iborat.
Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Statistika agentligi tarmoq boshqarmalari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhi borasida fikr-mulohaza almashishdi.
Missiya ishi davom etmoqda.