2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-5efg5er5ger41ge41r41_p73312

Shundan kelib chiqib, joriy yil 24- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-5gh455ghm51ghmg5hm_p23963

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3dsd

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi 3 ta bosqich: ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, shakllantirish va baholash mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Matbuot xizmati