2023-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha 1 449,2 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 1 096,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 75,7 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 264,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 88,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 6,1 % ni tashkil etdi.



