2023- yilning 26- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Mariya Mancheva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich hamda xalqaro ekspert Mariya Mancheva milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashdi.
Missiyanining asosiy maqsadi – milliy hisoblarni tuzish uchun ma’lumotlar manbalarini takomillashtirishdan iborat.
Tadbir davomida ma’lumotlar manbalari hamda milliy hisoblar amaliyotini takomillashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalarida fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.
Tadbir so‘ngida Mariya Manchevaga Statistika agentligi jamoasi nomidan esdalik sovg‘asi topshirildi.