26/05/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 2 872,9 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 1 824,2 mlrd. soʻmni  yoki jamiga nisbatan ulushi 63,5 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish  ishlari 551,3 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 19,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 497,3 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,3 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech