2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 191,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,0 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 26,8 % ni tashkil etdi.



