27/05/2023

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda muntazam ravishda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari, turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, teatrlarga tashrif, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

2-photo_2023-05-27_11-13-08

 Navbatdagi madaniy-maʼrifiy tadbir Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda  oʻtkazildi. Mazkur kecha Statistika agentligi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

7-photo_2023-05-27_11-13-15

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot”, “Navqiron”, “Marhamat”, “Mashʼal” MFY yoshlari taklif etildi.

8-photo_2023-05-27_11-13-13

 Tadbirda mahalla ahlining madaniy hordiq chiqarishi uchun sport musobaqalari tashkil etilib, sanʼatkorlar tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

4-photo_2023-05-27_11-13-12

Xususan, kamondan o'q otish, arqon tortish, stol tennisi, bandminton, shaxmat, shashka va boshqa sport musobaqalarida nafaqat yoshlar, balki kattalar ham faol ishtirok etishdi.

5-photo_2023-05-27_11-13-166-photo_2023-05-27_11-13-07

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Davron Ahmedov hamda boshqa sanʼatkorlarning kuy-qo‘shiqlari bolajonlarga bir olam shodlik ulashdi.

1-photo_2023-05-27_11-13-09

Milliy gvardiya harbiy orkestri chiqishlari ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

3-photo_2023-05-27_11-13-11

Sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlarga mahalla aholisi raqsga tushib, madaniy hordiq chiqarishdi.

9-photo_2023-05-27_11-13-20

Tadbir davomida bolajonlarga muzqaymoq ham tarqatildi.

10photo_2023-05-27_11-13-18

Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

11-photo_2023-05-27_11-13-21

Bu kabi ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar Yangihayot tumanining boshqa mahallarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

12-photo_2023-05-27_11-13-2213-photo_2023-05-27_11-13-23

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech