Joriy yilning 29- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Toshkent moliya instituti bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi.

1-photo_5449777534406346489_y

Dissertatsiya ishi himoyalari Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi mutaxassislari hamda Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazildi.

2-photo_5449777534406346479_y

Institut moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Sh.E.Sindarov Toshkent moliya institutini tamomlayotgan magistratura bitiruvchilarining ishlab chiqarish obyektlarida dissertatsiya ishlari himoyalarida ishtirok etish uchun Statistika agentligiga tashrif buyurdi.

3-photo_5449777534406346482_y

Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i A.Mamadjanov yig‘ilganlarga institut bitiruvchilarining himoya ishlari aynan ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilayotgani, kadrlar buyurtmachilari uchun ham katta ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tdi.

4-photo_5451992629429520109_y

5-photo_5449777534406346483_y

Shuningdek, tomonlar kelgusida Statistika agentligi hamda Toshkent moliya instituti o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.