Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi ham faol qatnashmoqda.
Joriy yilning 1-iyun kuni Statistika agentligi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot”, “Navqiron”, “Marhamat”, “Mashʼal” MFYda yashovchi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga bayram sovgʻalari ulashildi.
Yozgi taʼtil kunlarida yosh avlodga qaratilayotgan bunday eʼtibor va gʻamhoʻrlik ularga ulkan xursandchilik taqdim etmoqda.
Statistika agentligi tomonidan bu kabi hayrli ishlar Yangihayot tumanining boshqa mahallarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.