Namangan muhandislik qurilish inistitutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Statistika agentligi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich, Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida dastlab, Zoyir Yuldoshev yurtimizda demografik ko'rsatkichlarni shakillantirish, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i Melixujayev Sanjarbek Obidxonovich kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati


