2023-yilning yanvar-aprel oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha 2 098,8 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 1 586,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 75,6 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 379,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 133,5 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.



