2023-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida ta'lim statistikasini yig‘ish amaliyoti bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari ta’lim turlari bo‘yicha axborot to‘plash manbalari, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash mexanizmi, vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalarining Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi bilan integratsiyalashuvi jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, SDG-4 bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish, SDG-4 ko'rsatkichlari ma'lumotlarni shakllantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Oʻz navbatida, Statistika agentligi xodimlari qozogʻistonlik hamkasblariga Oʻzbekistonning taʼlim statistikasini yigʻish va hisobga olish amaliyotini namoyish etdilar.

Uchrashuv davomida Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosining ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi bo‘yicha faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki statistika idorasi oʻrtasida statistik faoliyat boʻyicha oʻzaro tajriba almashish hamda kelgusida ham hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Matbuot xizmati


