2023-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 3 142,5 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.
Viloyat boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushi 96,0 % ni tashkil etdi.



