2023-yilning yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 3,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,5 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 57,4 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 21,1 %ni tashkil etdi.



