2023-yilning yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida jami 1,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 14,7 %ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 76,8 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 8,5 %ni tashkil etdi.



