Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Statistika agentlining Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev, Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha koordinatori Zeynal Xojiyev hamda Xalqaro migratsiya tashkilotining ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha koordinatori Zeynal Xojiyev va Statistika agentligi vakillari o‘rtasida Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.




