2023-yilning yanvar-may oylarida Toshkent shahrida jami 13,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 22,8 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 69,4 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,8 %ni tashkil etdi.



