2023-yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,9 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 45,0 %ni tashkil etdi.
Shuningdek, mashina, asbob-uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 1,6 trln. soʻm (jami investitsiyalardagi ulushi 37,8 %)ni hamda boshqa xarajatlar 0,7 trln. soʻm (17,2 %)ni tashkil etdi.



