2023-yilning yanvar-may oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 2 923,0 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 2 109,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 72,1 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 388,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 13,3 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 425,4 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 14,6 %ni tashkil etdi.



