2023-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida jami deyarli 3,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 1,8 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 77,7 %ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,5 %ni tashkil etdi.



