2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri boʻyicha 15 863,4 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 10 198,8 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 64,3 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 2 787,0 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,6 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 2 877,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,1 % ni tashkil etdi.



