Yurtimiz aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

1-img_20230816_185254

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi xodimlarining farzandlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

2-img_20230816_184758

Statistika agentligi tizimida bolalarda sport bilan shug‘ullanishda sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan ko‘rsatkichlari asosida qaysi sport bilan shug‘ullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

3-img_20230816_1852444