2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 223,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 32,2 % ni tashkil etdi.



