2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fargʻona viloyatida jami 5,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,7 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 59,7 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 19,6 % ni tashkil etdi.



