Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan Mustaqillik bayrami arafasida, agentlik tizimida faoliyat yuritib, hozirda nafaqaga chiqqan keksalar uchun turli tadbirlar tashkil etilib, ularning holidan xabar olinmoqda.

1-photo_2023-08-29_16-13-112-photo_2023-08-29_16-45-20-2

Xususan, uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan, fidoyi, vatanparvar, sadoqat va ibrat namunasi bo’lib xizmat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Oilasiga iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

3-photo_2023-08-29_19-21-49

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.

4-photo_2023-08-29_16-45-20

Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

5-photo_2023-08-29_17-47-056-photo_2023-08-29_16-45-26