Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport majmualarida doimiy ravishda turli sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.


Joriy yilning 30- avgust kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.


Ushbu sport musobaqasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich tashrif buyurdi.

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalar Z. Ziyayev tomonidan diplom, medal hamda kubok bilan taqdirlandi.


