2023-yil 13-sentabr kuni BMT Statistika komissiyasi tomonidan ma’lumotlar dinamikasini aks ettiruvchi inklyuziv jarayonlarni kengaytirish masalalari yuzasidan videokonferensiya tashkil etildi.

Mazkur videokonferensiyada milliy statistika idoralari vakillari hamda ko‘plab xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zokirov ham onlayn ravishda qatnashdi.

Tadbirda BMT Statistika boʻlimi direktori Stefan Shvaynfest, Jorj-Simon Ullrix (Shveytsariya) hamda BMT Statistika komissiyasi raisi oʻrinbosari Gabriella Vukovich (Vengriya) seminarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Videokonferensiya davomida BMT Statistika komissiyasi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, xususan, BMT Statistika Komissiyasining yaqinlashib kelayotgan, 2024-yildagi 55-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.


